» » O‘zbekiston Bosh vaziri Toshkentdagi Yaponiya elchixonasida bo‘ldi

O‘zbekiston Bosh vaziri Toshkentdagi Yaponiya elchixonasida bo‘ldi


O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent shahridagi Yaponiya elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Diplomatik vakolatxonada imperator Naruxitoning taxtga o‘tirishi munosabati bilan qutlov kitobi ochildi.

O‘zbekiston hukumati rahbari do‘st yapon xalqini katta ahamiyatga ega voqea va “Reyva” yangi hukmronlik davrining boshlanishi bilan tabrikladi. Imperator Naruxitoga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va hukmronlik davrining uzoq yillar davom etishini tiladi.

Elchi Nobuaki Ito o‘z navbatida O‘zbekiston Prezidenti va hukumatiga Yaponiya hayotidagi tarixiy voqea sababli yapon xalqiga yo‘llagan tabrik va iliq tilaklari uchun minnatdorlik izhor etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют