» » “Fozil ota” qabristoni qarovchisi Miroqil Fozilov Yaponiya imperatori ordeni bilan taqdirlandi

“Fozil ota” qabristoni qarovchisi Miroqil Fozilov Yaponiya imperatori ordeni bilan taqdirlandi


Yaponiya hukumati “Ko‘tarilayotgan quyosh, kumush nurlar” imperator ordeni bilan taqdirlangan chet elliklar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

Taqdirlanganlar orasida Toshkent shahridagi “Fozil ota” qabristoni qarovchisi Miroqil Fozilov ham bor. U 40 yil davomida Yakkasaroy tumani qabristonidagi yapon fuqarolari qabrlariga qarash va obodonlashtirish bilan shug‘ullanib keldi.

Uning otasi ham 60 yil mobaynida shu ish bilan mashg‘ul bo‘lgandi. Bundan xabar topgan O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabristonni uning sharafiga “Fozil ota” deb qayta nomlashga ko‘rsatma bergandi.

Qabristonning holati sobiq yapon internlashgan shaxslari, ularning qarindoshlari, yapon sayyohlari, shuningdek, O‘zbekistonga 2015-yil oktabrida rasmiy tashrif bilan kelgan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abeda katta taassurot qoldirgandi.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 127) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют