» » Fozil Musayev Yaponiyadagi ikkinchi golini 90-daqiqada urib, jamoasiga 3 ochko olib berdi

Fozil Musayev Yaponiyadagi ikkinchi golini 90-daqiqada urib, jamoasiga 3 ochko olib berdi


Yaponiya chempionatida to‘p surayotgan yagona o‘zbekistonlik futbolchi Fozil Musayev ikkinchi bor raqib darvozasiga yo‘l topdi.

Chempionatning 7-turiga kelib u to‘p suradigan “Jubilo Ivata” klubi o‘z maydonida “Sagan Tosu”ni qabul qildi. 88-daqiqaga kelib mehmonlar go‘yoki g‘alaba golini urgandek bo‘lishdi. Biroq keyingi ikki daqiqada mezbonlar ikkita gol urib, bellashuvni o‘z foydasiga hal qildi. Musayev jamoasiga g‘alaba keltirgan golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Bu Fozil Musayevning Jey ligadagi ikkinchi goli bo‘ldi. Ortda qolgan yetti tur davomida o‘zbekistonlik futbolchi to‘liq o‘ynadi. Ammo u O‘zbekiston milliy terma jamoasining a’zosi hisoblanmaydi.

Yaponiya Jey ligasi
7-tur o‘yini
16-aprel, yakshanba

Gollar: Yoxei Toyoda, 88 (0:1). Adailton, 89 (1:1). Fozil Musayev, 90 (2:1).

Опубликовано: admin (17-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют