» » Xitoyning yana bir kompaniyasi AQShning “qora ro‘yxati”ga kiritilishi mumkin

Xitoyning yana bir kompaniyasi AQShning “qora ro‘yxati”ga kiritilishi mumkin


Videokuzatuv tizimlarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri — Xitoyning Hikvision korporatsiyasi AQShning cheklov choralari xavfi ostida qoldi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi”.

The New York Times gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Savdo vazirligi Xitoy korporatsiyasi uchun ehtiyot qismlarni yetkazib beruvchi Amerika kompaniyalaridan maxsus litsenziya talab qilishi mumkin. Qayd etilishicha, Oq Uy bu masala bo‘yicha yaqin haftalarda tegishli qaror chiqarishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, Hikvision tushkunlikka tushayotgani yo‘q. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, “qora ro‘yxat”ga tushish ularning ishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Ularning aytishicha, AQSh chiplar savdosini to‘xtatsa ham, Hikvision boshqa kanallardan foydalanishi mumkin va sanksiyalar hech qanday natija bermaydi.

Avvalroq Vashington “qora ro‘yxat”ga Huawei kompaniyasini kiritgan edi. Keyinroq Huawei’ga Amerikada ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlarni sotib olish imkonini beradigan 90 kunlik muhlat berildi.

Hikvision kuzatuv tizimlari dunyo bo‘yicha keng foydalaniladi. Kompaniya, shuningdek, yo‘l kameralari, teplovizorlar va dronlar ham ishlab chiqaradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют