» » Rasman: Azar “Borussiya Dortmund” o‘yinchisiga aylandi

Rasman: Azar “Borussiya Dortmund” o‘yinchisiga aylandi


“Borussiya Myunxengladbax” hujumchisi Torgan Azar Dortmundning “Borussiya” klubiga o‘tdi. Bu haqda dortmundliklarning rasmiy saytida xabar berildi.

26 yoshli belgiyalik klub bilan 5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi (2024-yilning yoziga qadar). Shartnoma shartlari hali oshkor qilinganicha yo‘q.

Avvalroq Azarning o‘zi Dortmund klubiga o‘tish istagi borligini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, tomonlar transfer narxi bo‘yicha kelisha olmagandi. Myunxengladbax klubi hujumchi uchun 40 million yevro talab qilgandi, dortmundliklar esa 25 million yevro yevro to‘lashga tayyor edi.

Shuningdek, futbolchiga “Arsenal” hamda “Liverpul” klublari ham qiziqish bildirgandi. Yakuniga yetgan mavsum Bundesligada Azar 33 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta golga mualliflik qildi va 10 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют