» » Rossiyada Ravon avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Rossiyada Ravon avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi mumkin


Ikkinchi yarim yillikda Karachayevo-Cherkesiyadagi ishlamayotgan “Derveys” zavodida Ravon avtomobillarini yig‘ish ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda respublika rahbari Rashid Temrezov ma’lum qildi, deb yozmoqda Sputnik.

Bundan avval zavodda Xitoyning Lifan va Chery avtomobillari yig‘ilgan. Biroq fevralda ishlab chiqarish to‘xtatilgan.

“Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy hamkorlik doirasida qo‘shma istiqbolli loyihalar tasdiqlangan. Ular ichida “Derveys” loyihasi ham kiritilgan. Hozirgi vaqtda “Derveys”  ishlab chiqarish sertifikatsiya jarayonidan o‘tmoqda”, — dedi Temrezov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi yarim yillikda zavodda Ravon avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha  loyihani amalga oshirishni boshlash rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют