» » Tarixdagi eng boy odam kimligi ma’lum bo‘ldi

Tarixdagi eng boy odam kimligi ma’lum bo‘ldi


Amerikalik iqtisodchi Semyuel Uilyamson neft magnati Jon Rokfellerni g‘arb sivilizatsiyasidagi eng boy odam deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

XIX asr oxiri — XX asr boshlarida tadbirkor bir yarim milliard dollar miqdorida boylik yig‘gan (hozirgi vaqtda taxminan 26 millard dollarga teng), uning o‘limi vaqtida boyligi AQSh YaIMning 1,6 foizini tashkil qilgan. Agar bu nisbat saqlanib qolgan bo‘lsa, Rokfellerning daromadi zamonaviy tarixda eng boy odam deb tan olingan Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligidan uch marotaba oshadi.

Uning aktivlari taxminan 117 millard dollar deb baholanadi.

Uilyamson o‘tmishdagi tadbirkorlar, qirollik oilasining a’zolari va Rim sarkardalarining boyliklari hozirgi boylarning daromadidan ancha ko‘p bo‘lganiga ishonchi komil. Iqtisodchi boy odamlarning moliyaviy ko‘rsatkichini o‘z davridagi davlat YaIMiga nisbatan solishtirib ko‘radi.

Forbes ro‘yxatidagi boshqa yetakchilar ham o‘tmishdagi tadbirkorlar bilan raqobatlasha olmaydi. Shunday qilib, bugungi kunda Uilyamson usuli bo‘yicha Endryu Karnegining po‘lat ishlab chiqarishdagi daromadi taxminan 300 milliard dollar, temir yo‘l magnati Kornelius Vanderbiltniki esa 200 milliard dollarga baholanadi.

O‘z o‘rnida Spartak qo‘zg‘oloni g‘olibi, Qadimgi Rim sarkardasi Mark Lisiniy Krass 210 millard dollarga teng daromadga ega bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют