» » Peter Chex “Chelsi”ga qaytadigan bo‘ldi

Peter Chex “Chelsi”ga qaytadigan bo‘ldi


“Arsenal” darvozaboni Petr Chex mavsum oxirida o‘zining sobiq jamoasi “Chelsi”ga qaytadi, deb xabar berdi Sky Sports.

Avvalroq 37 yoshli futbolchi joriy yilning yozida o‘z faoliyatiga yakun yasashi to‘g‘risida ma’lum qilgandi.

Chex “aristokratlar” safiga qaytib, sport direktori lavozimi egallaydi. Klub 2017-yilning noyabr oyidan beri texnik direktorsiz ishlab kelayotgan edi. O‘shanda Maykl Emenalo jamoani tark etgandi.

Chexiyalik darvozabon 2004-yildan 2015-yilga qadar “Chelsi” sharafini himoya qilib kelgan. U klub bilan 4 marta Angliya chempioni bo‘ldi va bir marotaba mamlakat kubogi, 3 bor liga kubogini qo‘lga kiritdi. Chex 2012-yilda klubning Yevropa Chempionlar Ligasida, 2013-yilda esa Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lishida o‘z hissasini qo‘shdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют