» » O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Milanning “Inter” klubida malaka oshirdi

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Milanning “Inter” klubida malaka oshirdi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov Italiyaning “Inter” jamoasida malaka oshirib qaytdi. Bu haqda O‘FA rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etishlishicha, terma jamoa darvozabonlari ustozi malaka oshirish davomida “Inter” klubida olib boriladigan mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishgan hamda italiyalik mutaxassislarning ish uslubini o‘rgangan.

Shuningdek, Denis Ivankov Ukrainaning “Dinamo” klubi taklifiga ko‘ra, Kiyev shahrida ham bo‘lib, u yerda ham malaka oshirgan. “Dinamo” klubida malaka oshirish jarayonida terma jamoaning sobiq futbolchisi, ayni paytda klubda yordamchi murabbiy sifatida ish olib borayotgan Maksim Shatskixning hissasi katta bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘z vaqtida “Inter” jamoasida bosh murabbiyi bo‘lgan. Denis Ivankovning “neradzurrilar” safida malaka oshirishida Ektor Kuperning xizmati beqiyos.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют