» » Ozgidromet: Ozbekistonda havoning ortacha harorati global korsatkichlardan kora yuqoriroq kotarilmoqda

Ozgidromet: Ozbekistonda havoning ortacha harorati global korsatkichlardan kora yuqoriroq kotarilmoqda


Gidrometeorologiya xizmati markazi (Ozgidromet) bosh direktori birinchi orinbosari Bahriddin Nishonovning aytishicha, Ozbekistonda havoning ortacha harorati tez kotarilib bormoqda. U bu haqda 22-may kuni Milliy matbuot markazida Yashil iqlim jamgarmasi bilan hamkorlikni rivojlantirish mavzusida otkazilgan matbuot anjumani aytib otdi.

Dunyo boyicha havoning ortacha harorati sanoat rivojlanishidan avvalgi davrga nisbatan Selsiy boyicha +1 darajaga, Ozbekistonda esa +1,6 darajaga oshgani kuzatilmoqda. Bu Ozbekistonda havo harorati oshishi tez kechayotganini korsatadi. Haroratning oshishi qurgoqchilikka, yozda issiq havoni saqlanib turishiga, qishning qisqa bolishiga olib keladi, dedi Bahriddin Nishonov Daryo muxbiriga bergan intervyusida.

Uning qoshimcha qilishicha, ortacha haroratning tez oshishi tufayli kelajakda Orta Osiyoda, xususan, Ozbekistonda suv resurslari taqchilligi kuzatilishi mumkin va bu, oz navbatida, qishloq xojaligiga tasir qiladi.

Qayd etishlaricha, Markaziy Osiyo iqlim ozgaruvchanligini kuchayishi hamda uzoq muddatli global iqlim ozgarishi natijasida sodir bolayotgan tasirlarga eng kop uchraydigan mintaqalardan biridir.

XX asrning ortalaridan Ozbekistonda iqlimning isishi tendensiyasi kuzatib kelinmoqda va har 10 yilda yillik ortacha harorat Selsiy boyicha +0,29 darajaga oshib bormoqda.

Songgi on yillik davomida iqlim ozgarishi bilan bogliq salbiy hodisalar kopaymoqda, bu esa suv resurslari tanqisligining kuchayishiga va qurgoqchilik holatlarining kopayishiga sabab bolmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-05-2019, 09:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -