» » DSEN xulosasi: Chustdan chiqqan shifobaxsh suv aslida istemolga yaroqsiz

DSEN xulosasi: Chustdan chiqqan shifobaxsh suv aslida istemolga yaroqsiz


MY 5 teleknali orqali Namangan viloyatining Chust tumanidagi fermer xojaligi yeridan ota shifobaxsh suv chiqqani haqida namoyish etilgan axborot lavhasi, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar omma ortasida katta qiziqish va shov-shuvga sabab boldi.

OzAning bildirishicha, otgan ikki kun mobaynida mazkur hudud shifobaxsh suvdan olib ketish uchun katta-kichik idishlar bilan kelgan ixlosmandlarni sigdira olmay qoldi.

Chust ijara MMTP hududining 25 konturi dala maydonida Toraqorgon tuman Yesin qishlogi, Kokqayragoch mahallasi hududidagi Tomchi zamin fermer xojaligi rahbari A.Yuldashev tasarrufidagi 20 gektarli bog va boshqa ekinlarni sugorish uchun 500 million som mablag sarflab, 350 metr chuqurlikda artezian qudugi tushirib chiqargan suvi kutilmaganda shunday mashhur bolib ketdi.

Telekanalga bergan intervyusida fermer ozining ikki ishchisi va bir qarindoshining kopdan qiynab kelayotgan dardlardan forig bolganliklarini shu suvning shifobaxsh xususiyati bilan boglab taxmin qiladi. Bundan tashqari, lavhada suvdan davo topgan besh-olti kishining ijobiy munosabatlari ham berildi. Bu suvning tabiiy-tarkibiy xossalari togrisida mutaxassislarning fikrini bilish maqsadida viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya markaziga murojaat qilindi.

Suvning shifobaxshlik xususiyati shoshilinch xulosa beriladigan jihat emas, dedi markaz bosh shifokori orinbosari A.Cholponqulov. Chunki u malum bir kasalliklarga davo bolsa, boshqa bir dardlarni qozgab yuborishi yoki har bir insonning individual korsatkichlariga bogliq bolishi mumkin. Demak, ushbu suvning shifobaxsh xususiyati togrisida ham chuqur laboratoriya tekshiruvlaridan otkazilishidan tashqari, muolaja amaliyotidagi kop yillik tajribalar natijalariga asosan xulosa berish mumkin. Hozircha, bizning dastlabki tezkor tekshiruvimiz natijalariga kora, artezian qudugidan nasos orqali tortib olinayotgan bu suv istemolga yaroqsiz ekanligini malum qilish mumkin. Suvning tarkibini chuqur tahlil qilish tegishli ilmiy muassasalar hamkorligida davom ettiriladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-05-2019, 12:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 4) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -