» » “Arsenal” va “Chelsi” Yevropa Ligasi finali uchun chiqarilgan 6 mingdan ortiq chiptani qaytarib beradi

“Arsenal” va “Chelsi” Yevropa Ligasi finali uchun chiqarilgan 6 mingdan ortiq chiptani qaytarib beradi


Londonning “Arsenal” hamda “Chelsi” klublari UEFAga Yevropa Ligasi finali uchun chiqarilgan 6 mingdan ortiq chiptalarni qaytarib beradi, deb xabar berdi The Times.

Manbada yozilishicha, ingliz klublari mos ravishda 3,5 ming va 2 ming dona chipta sota olganligi tufayli qolgan chiptalarni qaytarishni maqsad qilgan. Chiptalarning sotilmasligining asosiy sababi aviareyslarning cheklanganligi, parvozning uzoq vaqt davom etishi va uchrashuvning kech boshlanishi bilan izohlangan.

Avvalroq UEFA “Arsenal” va “Chelsi”ga 5,8 mingtadan chipta ajratgandi. Bu Bokudagi stadionning (69 870 ming muxlisga mo‘ljallangan) umumiy hajmidan ham 10 foizga kam. Ta’kidlash joiz, UEFAdan 2000 ta chipta olgan homiylar shu kabi muammolarga duch kelgan.

Ingliz klublari tomonidan qaytarilgan chiptalar mahalliy muxlislarga sotiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ozarbayjonda ayni damda 23 mingta chipta sotilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют