» » SSV Kitobdagi shifoxonada bolalar hamshiralar kiyanadigan xonada davolanayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

SSV Kitobdagi shifoxonada bolalar hamshiralar kiyanadigan xonada davolanayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda berilgan, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi bolalar shifoxonasida joy yetishmasligi tufayli bemor bolalar sanitariya talabiga javob bermaydigan, hamshiralar kiyinadigan xonada yotib davolanayotgani aks etgan material yuzasidan mavjud vaziyatni o‘rgandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Ayni paytda Kitob tumanida bolalarga va aholining barcha qatlamiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida beshta qishloq vrachlik punkti, yettita qishloq oilaviy poliklinikasi va tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va shifoxona faoliyat yuritayapti.

130 o‘ringa mo‘ljallangan tuman bolalar shifoxonasida yiliga sakkiz ming nafardan ziyod bolalarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilayapti. Tibbiyot muassasasida malakali kadrlar yetarli, dori-darmon o‘z vaqtida yetkazib berilayapti.

Shu bilan birga, barpo etilganiga ko‘p yil bo‘lgan mazkur shifoxona binosi ancha ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi sababli Prezidentning 2018-yil 3-fevraldagi “2018-yildagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ayni kunlarda tuman tibbiyot birlashmasi hududida bolalar shifoxonasi uchun yangi bino qurilishi jadal suratda olib borilayapti. Buning uchun investitsiya dasturi doirasida qariyb 4 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

“Mazkur bino qurilishi joriy yilning to‘rtinchi choragida yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Natijada hududda tibbiy-ijtimoiy infratuzilma yanada yaxshilanib, bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifati yangi bosqichga ko‘tariladi”, – deydi Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Tursunov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют