» » Buxoroda 2,5 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan,120 ish o‘rniga ega tikuvchilik sexi ochildi (foto)

Buxoroda 2,5 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan,120 ish o‘rniga ega tikuvchilik sexi ochildi (foto)


Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi “Xo‘jalar” mahallasi hududida “Gullar chehrasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashabbusi bilan “Qorako‘l chevarlari” tikuv-trikotaj sexi ochildi. Bu haqda Qorako‘l tumani hokimligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tadbirkor Gulchehra Shukurova va “Buxoro paxta terminali” korxonasi hamkorligida qo‘l urilgan loyihaga 2,5 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi.

Tadbirkor Gulchehra Shukurova o‘z mablag‘i hisobidan 80 o‘ringa ega xuddi shunday tikuv sexini ochgan edi. 120 o‘ringa ega ushbu sexda tumandagi kam taminlangan oila bekalari, uy-joyga muhtoj, ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.

Zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan sexda maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari, tashkilot, korxonalar uchun maxsus kiyimlar tikish bilan bir qatorda aholi va bozor talabidan kelib chiqib keng assortimentdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, ichki bozor uchun ham mahsulot yetkazib beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют