» » Toshkentdagi “Bek baraka” bozori bekatida noto‘g‘ri joyda yo‘lovchi tushirish holatlari bartaraf qilindi

Toshkentdagi “Bek baraka” bozori bekatida noto‘g‘ri joyda yo‘lovchi tushirish holatlari bartaraf qilindi


Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlardagi Jamoatchilik nazorati guruhida foydalanuvchi Olga Nepomnyashaya tomonidan 21-may kuni qoldirilgan postni o‘rganib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

“Birinchi marta ‘Bek Baraka’ bozoriga bordim. Men tushishim kerak bo‘lgan bekatda avtobusdagi hamma yo‘lovchilar tushdi. Ikki yo‘l o‘rtasiga o‘rnatilgan panjaraning teshigi avtobus bekati vazifasini o‘tashini ko‘rib hayron qoldim. ‘Bizning’ yo‘lovchilar undan o‘tayotganda, boshqa yo‘nalishli taksi va avtobuslardan ham yo‘lovchilar tusha boshladi. Qiziq, bu tabiiy holmi yoki men ekstremal holatga duch keldimmi?”

Foydalanuvchi holat yuzasidan chora ko‘rilishini va yo‘lovchilarning harakatini tartibga solishni so‘ragan.

Gap shundaki, avtobus va yo‘nalishli taksi haydovchilari yo‘lovchilarni bekatda emas, balki yo‘l yuzasida tushiradi. Natijada odamlar bozorga kirguncha panjaradan o‘tib olib, yo‘lning ikkinchi qismini ham bosib o‘tadi. Buning hammasi ham jamoat transporti haydovchilari, ham noto‘g‘ri joyda yo‘lni kesib o‘tayotgan yo‘lovchilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xatolik hisoblanadi.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, 22-may kuni IIBB xodimlari uy-joy kommunal xo‘jaligi xodimlari bilan birgalikda panjaradagi barcha bo‘shliqlarni yopib chiqdi. Shuningdek, yo‘lovchilarni tushirish qoidalarini buzgan haydovchilarga ma’muriy choralar qo‘llanildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют