» » Sanjarbek Rahmonov bo‘ydoqlikdagi so‘nggi jangini o‘tkazadi

Sanjarbek Rahmonov bo‘ydoqlikdagi so‘nggi jangini o‘tkazadi


Professional boksning yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan Sanjarbek Rahmonov (11 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang, 5 ta nokaut) iyun oyida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Unga ko‘ra, Rahmonov 28-iyun kuni o‘zining 15-jangini o‘tkazadi. Mazkur boks kechasi AQShning Las-Vegas shahridagi Mandalay Bay saroyida bo‘lib o‘tadi. Hozircha Sanjarbekka kim raqiblik qilishi aniq emas.

Sanjarbek Rahmonovning alohida ta’kidlashicha, bu uning bo‘ydoqlikdagi so‘nggi jangi bo‘ladi. Mazkur jangni o‘tkazib, 30 yoshli sportchi O‘zbekistonga qaytishni rejalashtirmoqda. Sanjarbekning to‘yi sentabr oyida bo‘lib o‘tadi. Ma’lum bo‘lishicha, kelin asli o‘zbekistonlik AQShda istiqomat qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют