» » Navoiy viloyat ma’muriy sudi raisi hibsga olindi

Navoiy viloyat ma’muriy sudi raisi hibsga olindi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining shu yil 20-may kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Navoiy viloyat ma’muriy sudi raisi O.Toshevni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berish to‘g‘risidagi taqdimnoma ma’qullangan. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Otabek Toshev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 206-moddasida (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblanmoqda. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga ko‘ra, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuni 63-moddasiga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют