» » Kattaqo‘rg‘onda ayolni yechintirib, buni videoga olgan sobiq IIB xodimiga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Kattaqo‘rg‘onda ayolni yechintirib, buni videoga olgan sobiq IIB xodimiga nisbatan sud hukmi o‘qildi


21-noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida sudlanuvchi, Kattaqo‘rg‘on shahri IIB katta tezkor vakili lavozimida ishlagan San’at Umarovga (1988-yilda tug‘ilgan) nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda “Gazeta.uz” O‘zbekiston Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidovga tayanib xabar qildi.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari O‘tkir Mamadaliyev tomonidan ko‘rib chiqildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, S. Umarovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi, 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) 2-qismi “a”, “z” bandlarida va 241?1 moddasida (jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda (etishda) aybdor deb topdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi S. Umarovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) moddasi tartibida 3 yil mansabdorlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi hamda jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashni belgiladi.

Shuningdek, sud tomonidan sudlanuvchi va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 3-iyun kuni Kattaqo‘rg‘on shahar IIB binosida tezkor vakil San’at Umarov va boshqalar ayol kishini o‘g‘irlik qilganlikda ayblab haqorat qilgan va yechinishga majburlagandi. Umarov ushbu jarayonni videoga yozib olgan, tasvir keyinchalik internetda tarqalib ketgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют