» » AQShda sog‘lom it vafot etgan egasi bilan birga dafn etildi

AQShda sog‘lom it vafot etgan egasi bilan birga dafn etildi


AQShda Emma laqabli shi-tsu zotli sog‘lom it o‘layotgan egasining xohishiga ko‘ra uxlatib qo‘yildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ayol o‘z itini u bilan birga ko‘mishlarini xohlagan. U vafot etgach, itning hayotini saqlash maqsadida Virjiniyadagi hayvonlar uyiga olib ketilgan.

“Biz itni jon deb olib qolardik, chunki unga yangi uy topish qiyin emas edi”, — deydi hayvonlar uyi menejeri Kerri Jons.

Biroq ikki haftalik kurashdan so‘ng qonun ijrochilari ustun kelgan va Emma uxlatilgan.

It keyin yoqib yuborilgan, kuli esa idishga solib, ijrochilarga berilgan.

AQShning hamma shtatida ham odamlarga uy hayvonlarini o‘zlari bilan ko‘mishga ruxsat berilmaydi. Lekin Virjiniyada 2014-yildan boshlab bunga ruxsat berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют