» » IIBB ijtimoiy tarmoqdagi murojaatga ko‘ra “Bek baraka” bozori qarshisidagi panjaralarni ta’mirladi

IIBB ijtimoiy tarmoqdagi murojaatga ko‘ra “Bek baraka” bozori qarshisidagi panjaralarni ta’mirladi


Toshkent shahar IIBB YHXB Olga Nepomnyashaya tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Jamoatchilik nazorati” guruhiga joylashtirilgan murojaatni o‘rganib chiqdi, deb xabar beradi IIBB matbuot xizmati.

“Birinchi marta ‘Bek baraka’ bozoriga bordim. O‘zimga kerakli bekatda barcha qatori tushib qoldim. Hayron qolganim, bu yerda bekat vazifasini ikki yo‘l orasiga o‘rnatilgan panjaralar bajarayotgan edi. ‘Yo‘lovchilarimiz’ panjara orasidan o‘tayotganida boshqa marshrutka va avtobuslar ham o‘z yo‘lovchilarini shu yerda qoldirib ketdi. Bu doimiy holatmi yoki men bozorga ekstremal yetib olishga guvoh bo‘ldimmi?”, — deb yozadi tarmoq foydalanuvchisi.

22-may kuni YHXB xodimlari Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi xodimlari bilan birgalikda yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash va YTH sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida panjaralarni mustahkamlab, ular orasini odamlar o‘ta olmaydigan holatga keltirib qo‘ydi. Yo‘lovchilarni tushirish va chiqarish bo‘yicha qoidalarni buzgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют