» » Saida Mirziyoyeva matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi

Saida Mirziyoyeva matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi


O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva yangi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygani haqida ma’lum qildi.

“Avval xabar qilganimdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligimizda davlat organlari matbuot xizmatlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan zarur takliflar hamda kompleksli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish bo‘yicha maxsus guruh tuzilgan.

Bugunga kelib muayyan natijalarga erishildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va boshqa tashkilotlarning jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorligini tubdan takomillashtirish hamda matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ymoqchiman.

Ushbu hujjat avval tilga olingan ko‘plab muammolarni hal qilish, ya’ni matbuot xizmatlarini davlat organlari va jamiyat o‘rtasidagi haqiqiy ishonchli ko‘prikka aylantirish, ularning mamlakatimiz axborot makonida samarali faoliyatini ta’minlash, matbuot kotibi mavqeini oshirish, ushbu xizmatlar kadrlar salohiyati va moddiy-texnika ta’minotini kuchaytirish va hokazolarga qaratilgan.

Mazkur qaror loyihasi bo‘yicha davlat tomonidan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni ham mamlakatimiz, ham xorijda yanada samarali yoritilishi maqsadida davlat tuzilmalari matbuot xizmatlari ishini yaxshilash imkonini beradigan har qanday taklif va fikrlaringizni bildirsangiz mamnun bo‘lamiz. Shuni ishontirib aytamanki, ularning barchasi hujjat loyihasini takomillashtirish jarayonida o‘rganiladi va e’tiborga olinadi.

Tavsiya va takliflaringiz uchun avvaldan minnatdorlik bildiraman”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Qaror loyihasi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Mavzuga doir: Saida Mirziyoyeva: O‘zbekistonda matbuot xizmatlari faoliyati sust darajada. Bu asossiz mish-mish va uydirmalar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют