» » Ozbekistonda 1-sentabrdan fan doktorlari va nomzodlari maoshlari oshiriladi

Ozbekistonda 1-sentabrdan fan doktorlari va nomzodlari maoshlari oshiriladi


Ozbekistonda joriy yil 1-sentabrdan fan nomzodlarining oylik maoshlariga 30 foiz, fan doktorlari uchun esa 60 foiz ustama haqi belgilanadi. Bunday taklifni Ozbekiston Prezidenti Shavkat MirziyoyevOzbekiston Milliy universitetida oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv chogida bildirdi.

Prezident joriy yil 1-sentabrdan barcha davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shugullanayotgan, talim va ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan fan nomzodlarining oylik maoshlariga 30 foiz, fan doktorlari uchun esa 60 foiz ustama haqi belgilashni taklif qildi, deyiladi davlat rahbarisaytida.

Shuningdek, Prezident Talabalar shaharchasi hududida professor-oqituvchilar, yosh tadqiqotchilar uchun 6 ta kop qavatli uy va barcha sharoitlarga ega universal sport majmuasi qurish boyicha topshiriq berdi. Shaharchada Yoshlar bogi, yozgi tomoshalar maydonchasi, kitob-kafelar, Wi-Fi zonalarini tashkil etish va obodonlashtirish boyicha vazifalar belgilandi.

Bundan tashqari, Milliy universitetida oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv chogida izlanuvchan olimlarni ragbatlantirish maqsadida ilmiy ishlanma yaratgan tadqiqotchiga doktorlik va uni amaliyotga tatbiq etgan izlanuvchiga tayanch doktorlik ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoya tizimini joriy etish, budjet mablaglari hisobidan stajyor-tadqiqotchilar institutini hamda mamlakat biologik xilma-xilligini organadigan dala-tajriba stansiyalari tashkil etish muhokama qilindi.

Eslatib otamiz, ilmiy xodimlarning oylik maoshlari otgan yil 1-sentabrdan ortacha 25 foizga, joriy yil 1-yanvardan 20 foizga oshirilgan edi. Joriy yilning 1-iyulidan esa yana 25 foizga kotarilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-05-2019, 17:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -