» » Pyotr Poroshenkoga qarshi uchinchi jinoiy ish ochildi

Pyotr Poroshenkoga qarshi uchinchi jinoiy ish ochildi


Ukraina Davlat tergov byurosi Pyotr Poroshenkoga qarshi yana bir jinoiy ish ochdi. Ukraina Davlat tergov byurosiga arizani Sobiq prezident Viktor Yanukovich administratsiyasining sobiq rahbari o‘rinbosari Andrey Portnov bergan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Bu safar Poroshenko “Kuznitsa na Ribalksom” zavodi savdosida 300 million dollar miqdoridagi jinoiy daromadni qonuniylashtirganlikda ayblanmoqda.

Bu sobiq prezidentga qarshi ochilgan uchinchi jinoiy ish.

Eslatib o‘tamiz, 21-may kuni Ukraina Davlat tergov byurosi davlat hokimiyati amaldorlariga, jumladan Pyotr Poroshenkoga qarshi davlatga xiyonat qilish va sud vakolatlarini suiiste’mol qilish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi.

22-may kuni esa Poroshenko 227 million dollardan ortiq pulni o‘g‘irlaganlikda ayblanib, ikkinchi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

Shuningdek, u 2014-yilda Yevromaydon chog‘ida sodir etilgan qotilliklar bo‘yicha ham bosh prokuraturaga so‘roqqa chaqirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют