» » Andijonda 60 ming som evaziga shariy nikoh oqigan otaxon 1,5 mln som jarima tolaydigan boldi

Andijonda 60 ming som evaziga shariy nikoh oqigan otaxon 1,5 mln som jarima tolaydigan boldi


Andijon tumanining Gumbaz mahallasida otkazilgan sayyor sud majlisida 1946-yilda tugilgan Abdurazzoq Abdullayevga (ism-shariflar shartli) nisbatan sud hukmi oqildi. Bu haqda Daryoga jinoyat ishlari boyicha viloya sudi sudya katta yordamchisi Komronshoh Rasulov xabar berdi.

Jinoyat ishlari boyicha Andijon tuman sudi raisi Abdulhakim Torayevning malum qilishicha, sud majlisida A.Abdullayev 2018-yilning 25-noyabr kuni uyida 60 ming som evaziga Niyozbek Zohidov va Mohira Tursunovaga shariy nikoh oqib, diniy marosimlar otkazish qoidalarini buzganligi aniqlandi.

Shuningdek, sudlanuvchiga nisbatan bunga qadar Buloqboshi tuman mamuriy sudining 2018-yil 14-iyundagi qaroriga muvofiq mamuriy jazo qollangani, bundan togri xulosa chiqarmaganligi aniqlandi.

Sud majlisida A.Abdullayev aybiga iqror bolib, nikoh yoki boshqa diniy marosimlar otkazish uchun ruxsatnomasi yoqligi, 2018-yil 25-noyabr kuni xonadoniga tanishi N.Zohidov kelib, M.Tursunova bilan turmush qurmoqchi ekanligini aytib, nikoh oqib qoyishni soragani, ularning turmush qurishga roziligini aniqlab, shariy nikohlarini oqib qoygani, evaziga 60 ming som olgani, qilmishidan pushaymonligini bildirgan.

Guvoh Muhayyo Turdiyeva sudda 2009-yilda mahalladoshi N. Zohidov bilan qonuniy nikohdan otgani, ikki nafar farzandi borligi, oilaviy kelishmovchiliklar natijasida eri uydan ketib qolgani, lekin rasman ajrashmaganligini malum qilgan. Ichki ishlar vazirligining elektron manziliga murojaat qilib, shariy nikohni oqigan shaxsga nisbatan chora korishni soragan.

Ozbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakilligi tomonidan sudlanuvchi A.Abdullayevga diniy faoliyat olib borish, xususan, diniy talim berish, aholi orasidagi diniy rasm-rusumlar va marosimlarni otkazish boyicha vakolat berilmagani haqida xulosa shaklidagi malumotnoma berilgan.

Sud hukmi bilan A. Abdullayev Jinoyat Kodeksining 217-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga eng kam oylik ish haqining 7 baravari 1 million 419 ming 111 som miqdorida jarima jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-05-2019, 20:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -