» » Shavkat Mirziyoyevning Talabalar shaharchasiga tashrifi, ozini yoqib yuborgan samarqandlik, qonunchilikdan chiqarib tashlangan militsiya sozi va kunning boshqa xabarlari

Shavkat Mirziyoyevning Talabalar shaharchasiga tashrifi, ozini yoqib yuborgan samarqandlik, qonunchilikdan chiqarib tashlangan militsiya sozi va kunning boshqa xabarlari


24-mayning etiborga molik yangiliklari Daryo dayjestida.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-may kuni Toshkentdagi talabalar shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

SongOzbekiston Milliy universitetida oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi.

Prezident joriy yil 1-sentabrdan barcha davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shugullanayotgan, talim va ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan fan nomzodlarining oylik maoshlariga 30 foiz, fan doktorlari uchun esa 60 foiz ustama haqi belgilashni taklif qildi.

Shu uchrashuvdaPrezident OzMU talabasi Sardor Bozorboyevning ishtiyoqi, tashabbuskorligi va Vatan ravnaqi yolidagi fidoyiligi uchun Ozavtosanoat AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umirzoqovga u uchun avtomobil ajratish boyicha korsatma berdi.

Shuningdek,Shavkat Mirziyoyev talabaga loyihasini amalga oshirish uchun zarur mablagni ajratish boyicha korsatma berdi.

***

Samarqandda 33 yoshli erkak oziga benzin quyib, yoqib yubordi.

Erkakozining ustiga benzin quyib, yoqib yuborgan. Yaqin qarindoshlari unga birinchi yordamni korsatishga ulgurib qolgan va 33 yoshli fuqaroni Respublika shoshilinch yordam ilmiy-tadqiqot markazi Samarqand filialiga olib borgan.

***

Qonunchilikda militsiya sozi butunlay ishlatilmaydigan boldi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taminlash bilan bogliq ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonunni imzoladi.

Unga muvofiq,Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksidaMilitsiya xodimining degan sozlar Ichki ishlar organlari xodimining degan sozlar bilan almashtirildi.

***

Navoiyda attraksiondan yiqilib jarohat olgan aktyor Bahrom Yoqubovga qariyb 100 mln som moddiy zarar undirib berildi.

Baxtsiz hodisa oqibatida Bahrom Yoqubovning qoli va oyogi singan, ong yuzi faqatgina plastik jarrohlik yordamida tiklanishi mumkinligi aytilgan edi. Shuningdek, burni va jagiga yetgan shikast koz kosasi sinishi hamda bir kozidan ayrilishi bilan yakun topgan.

***

Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk Perfectum savdoga qoyildi.

Ochiq auksion narxni tushirib borish yoli bilan, demping usulida otkazilishi korsatilgan savdoda mazkur mulkning boshlangich narxi 205 587 016 500 som etib belgilangan.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-05-2019, 22:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -