» » Munojot Yolchiyeva Munisa Rizayevani bajonidil shogirdlikka olishini aytdi

Munojot Yolchiyeva Munisa Rizayevani bajonidil shogirdlikka olishini aytdi


Ozbekiston Respublikasi xalq artisti Munojot Yolchiyeva Daryo muxbiri Mirolim Isajonov uyushtirgan suhbatda xonanda Munisa Rizayeva bir nechta intervyularida kun kelib unga shogird tushishi va maqom sirlarini organish niyati borligini aytgani yuzasidan oz fikrini bildirdi.

U Fursati yetib, oldingizga kelsa, ustozlik qilishingiz mumkinmi?, degan savolga quyidagicha javob berdi:

(samimiy kuladi) Munisaxon 6-sinfda oqiyotgan davrida onalari oldimga olib kelgan. Buni uning ozi ham yaxshi eslaydi. Volidasi bilan yaqin dugonamiz. Oshanda Munisaxonning ovozini eshitib korganman va Dugona, qizingizda oziga xos ovoz mavjud. Ammo koproq yevropacha yonalishidagi ijroga moyilligi bor ekan, deya fikr bildirganman. Mayli, unda sal kattaroq bolsin, ozingizga shogirdlikka beramiz, degandi. Ushbu suhbatimizdan keyin Munisaxon Angliyaga jonab ketdi va u yerdagi maktab, kollej hamda oliy talim dargohlarida oqidi. Yurtimizga qaytgach, Yevropada olgan bilimlari, izlanishi va tinimsiz harakati orqali ijodini rivojlantirib, hamon tinmay mehnat qilyapti. Uning ozi ham bir-ikki marta maqomni organmoqchi ekanligini aytgan. Lekin tadbirlar, ijodiy jarayonlar bilan vaqti tigizligi bois hali oldimga kelgani yoq. Fursati yetganida yonimga kelsa, koksidan itarmay, unga mumtoz qoshiqlar va maqom sirlaridan saboq berib, yordam qolini chozishga bajonidil harakat qilaman. Insonda xohish va intilish bolsa, har narsaning uddasidan chiqishi shubhasiz.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-05-2019, 22:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -