» » Sogliqni saqlash vazirligi: Chustdagi artezian quduq suvidan inson salomatligi yolida foydalanishni toxtatish lozim

Sogliqni saqlash vazirligi: Chustdagi artezian quduq suvidan inson salomatligi yolida foydalanishni toxtatish lozim


Namangan viloyatining Chust tumanidagi fermer xojaligi yeridan ota shifobaxsh suv chiqqani haqida televideniye orqali namoyish etilgan axborot lavhasi, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar omma ortasida katta qiziqish va shov-shuvgasabab boldi.

Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi ushbu xabarlar yuzasidan Daryoga maumot berdi.

Takidlanishicha, Namangan viloyat DSENM mutaxassislari tomonidan 2019-yilning 22-may kuni Chust tumanidagi Tomchi zamin fermer xojaligidagi artezian quduq suvidan laboratoriya tekshiruvlari uchun suv namunalari olingan. Viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya markazining akkreditatsiyadan otgan laboratoriyalarida bakteriologik, sanitariya-kimyoviy va radiologik tekshiruvlar olib borilmoqda. Dastlabki sanitariya-kimyoviy tahlil natijalariga kora olingan suv namunasi loyqaligi, vodorod korsatkichi (pH), umumiy minerallanishi (quruq qoldiq), umumiy qattiqligi, sulfatlar va xloridlar qoldigi korsatkichlari boyichaOzDst 950-2011 Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilishDavlat standarti meyorlaridan bir necha barobar yuqoriligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, bunday suv aholi uchun ichimlik suvi sifatida istemolga berilishi va ishlatilishi mumkin emas. Hozirda bakteriologik tahlillar davom ettirilmoqda.

Har qanday mineral suvlarning shifobaxshlik xususiyatini aniqlash uchun avvalo Ozbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qomitasi tomonidan tegishli tahlillar otkazilishi va ushbu tahlil natijalari Sogliqni saqlash vazirligining Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi tomonidan baholanishi lozim. Agarda organilgan suvning shifobaxshligi aniqlansa, suvdan foydalanish qoidalariga mos ravishda suv manbasida belgilangan qurilish ishlari olib borilib, suvning aynan qaysi kasalliklarga shifoligi boyicha sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tartiblarga rioya etgan holda foydalanish mumkin. Mutaxassislar tomonidan organilmasdan, suvni ichish, yuvinish, vanna yoki boshqa usullar bilan davo sifatida foydalanish organizmda mavjud kasalliklarni qozgatishi, ogirlashtirishi yoki boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shunday ekan, ushbu holatda Tomchi zamin fermer xojaligidagi artezian quduq suvidan inson salomatligi yolida foydalanishni toxtatish lozim.

Suv nafaqat hayot manbai, balki kopgina yuqumli, jumladan ota xavfli yuqumli kasalliklar hamda somatik kasalliklarning tarqalish omili ekanligini yodimizdan chiqarmasligimiz kerak, dedi Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi rahbari Bahrom Almatov.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-05-2019, 22:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 16) ( 0) ( 15) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -