» » Sog‘liqni saqlash vazirligi Surxondaryoda homilador ayol vafot etishi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Surxondaryoda homilador ayol vafot etishi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi


Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi Boysun tumanida homilador ayolning vafot etganligi yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bordi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Surxondaryo viloyati, Boysun tumani Omonxona qishlog‘ida yashagan, 1995-yilda tug‘ilgan Z.X. 2019-yil 13-may kuni Boysun tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq kompleksi ginekologiya bo‘limiga yotqizilgan.16-may kuni bemor ahvoli og‘irlashgandan so‘ng tug‘ruq kompleksining jonlantirish bo‘limiga o‘tkaziladi. 17-may kuni esa bemorda burundan qon ketish alomatlari boshlangach, viloyat maslahat guruhining gematolog va LOR shifokorlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, “Homiladorlik 17 haftalik, burundan qon ketishi, D.V.S gipokogulyatsiya bosqichi” tashxisi qo‘yilgan. Bundan tashqari, shifoxona nevrologi va tor mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan.

Bemorga 18-may kuni intensiv muolajalar hamda 1,5 litr qon zardobi va 500 millilitr eritrotsitar massa quyilgan. Bemor 19-may kuni “O‘tkir yurak yetishmovchiligi, DVS sindromi” natijasida vafot etgan. Bemorda qon ketish alomatlari va in’eksiya qilingan joylarda qon talashlar bo‘lganligini inobatga olib, patologoanatomik bo‘limda murdadan arboviruslarga tekshirish uchun qon namunasi olingan.

Qashqadaryo viloyat DSENMning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni tekshirish laboratoriyasiga yuborilgan qon namunalari tekshirilganda Qrim-Kongo gemmoragik isitma kasalligi alomatlari aniqlangan.

Mazkur kasallikning yuqish xavfi yuqoriligi bois viloyat DSENM boshqarmasi mutaxassislaridan iborat guruh tegishli me’yoriy hujjatlar asosida kasallik o‘chog‘ida to‘liq muolajalar va parvarish ishlari amalga oshirildi. Marhum bemorning oila a’zolari va u bilan muloqotda bo‘lganlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda ularga Qrim-Kongo gemmoragik isitma kasalligi yuqmaganligi aniqlandi.

Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazining qayd etishicha, har yili bahor va yoz mavsumida ko‘plab mamlakatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham ayrim holatlarda ushbu kasallik uchrab turadi. Agar kasallik vaqtida aniqlansa, davolash mumkin, shu sababli xavotirga o‘rin yo‘q.

Aholidan sanitariya qoidalariga qa’tiy rioya etish, jumladan, chorva parvarishida ehtiyot choralarini ko‘rish, kanalarni qo‘lda o‘ldirmaslik, agar tanada isitma paydo bo‘lsa, zudlik bilan shifokorkorga murojaat etishlari so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют