» » Toshkentda “Farhod” bozori hududidan savdo uchun joy olib berish evaziga 15 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Toshkentda “Farhod” bozori hududidan savdo uchun joy olib berish evaziga 15 ming dollar olgan shaxs ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tadbirkorlarning bozorlarga erkin kirib kelishi, ularga joy ajratilishidagi korrupsiya holatlarini aniqlash borasida tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.M. tadbirkorlar K.Yu. va A.Sh.ga Uchtepa tumanidagi “Farhod dehqon bozori” AJ bozori hududidan savdo qilish uchun joy olib berish evaziga 15.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, M.M. ikki nafar fuqaroning xorijda o‘qiganligi haqidagi diplomlarini nostrifikatsiya qilib berish evaziga fuqaro A.Sh.ning 1.800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют