» » Sogliqni saqlash vazirligi: Ozbekistonda majburiy mehnatga qarshi keskin va qatiy choralar koriladi

Sogliqni saqlash vazirligi: Ozbekistonda majburiy mehnatga qarshi keskin va qatiy choralar koriladi


Ozodlikda berilgan Tibbiyot xodimlari ularni kocha tozalashga hokim majburlaganini iddao qilmoqda nomli materialda Toshkent viloyati Chinoz tumani tibbiyot birlashmasi shifokor va hamshiralari kocha tozalashga majburlanayotgani qayd etilib, bunga misol sifatida tuman tibbiyot birlashmasining 2-shifoxonasi hamshiralarining obodonlashtirish ishlariga jalb etilayotgani aytib otilgan. Ushbu holat yuzasidan Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Vaziyatga tez kunlarda oydinlik kiritiladi. Bu haqda Sogliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bolimi Daryoga xabar berdi.

Qayd etish joizki, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ijtimoiy soha xodimlarining jamoat ishlariga majburiy jalb etish holatlariga butunlay chek qoyilib, bu borada zarur chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-mayda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga kora Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot xodimlari mehnat huquqlari buzilishining oldini olish, tibbiyot xodimlarini qishloq xojaligi, kommunal xojalik, obodonlashtirish ishlariga majburan jalb etilmasligini alohida nazoratga olish borasida aniq vazifalar belgilab olinib, ijrosi taminlanmoqda, deydi Sogliqni saqlash vazirligi yuridik bolimi boshligi Ruslan Muhammadiyev. Shuningdek, 2018-yil 16-may kuni Sogliqni saqlash vazirining ushbu masala boyicha maxsus buyrugi qabul qilinib, unda tizim rahbarlari zimmasiga majburiy mehnatdan foydalanishning har bir holati togrisidagi axborotni zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yetkazish topshirildi va tibbiyot xodimlarini majburiy jamoat ishlariga bevosita yoki bilvosita jalb etgan rahbar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi belgilab qoyildi.

Eslatib otamiz, joylarda majburiy mehnatga jalb etish holatlari kuzatilsa, har bir xodim vazirlikning (71) 239-46-10 telefon raqamiga, shuningdek, ssv.uz internet manzilida korsatilgan elektron pochtasiga togridan-togri murojaat yuborishi mumkin. Bundan tashqari, Sogliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 71 256-43-58 ishonch telefoniga ham murojaat qilishlari mumkin.

Shu orinda, Sogliqni saqlash vazirligi tizimdagi barcha davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari majburiy mehnatning har qanday turiga jalb etilishiga toqatsiz munosabatda bolishini, agar shunday holatlar aniqlansa, keskin va qatiy choralar korilishini malum qiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-05-2019, 22:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -