» » Fransiyaning Lion shahri markazida portlash sodir bo‘ldi. 13 kishi jarohat oldi

Fransiyaning Lion shahri markazida portlash sodir bo‘ldi. 13 kishi jarohat oldi


Fransiyaning Lion shahri markazida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 13 kishi jarohat oldi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

BFMTV telekanaliga ko‘ra, Viktor Gyugo va Sala ko‘chalari kesishmasidagi novvoyxona yaqinida mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da qandaydir tuguncha portlagan.

Kuzatuv kameralaridagi yozuvga ko‘ra, portlovchi qurilmani velosipedda harakatlangan noma’lum shaxs qoldirib ketgan. Hozirda politsiya uni qidirish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Jinoyatchi 30—35 yoshlardagi erkak, qora sviter va yorqin shortikda bo‘lgan.

Tergov ishlari bilan Parij aksilterror prokuraturasi shug‘ullanishni boshlagan. Lion prokuraturasi esa “qasddan jinoyat sodir etish” bo‘yicha tergov ishini ochgan. Mamlakat prezidenti Emmanuel Makron jarohat olganlarga dalda bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют