» » O‘zbekistonda eksport qiluvchilarga kompensatsiya taqdim etiladi va kafillik beriladi

O‘zbekistonda eksport qiluvchilarga kompensatsiya taqdim etiladi va kafillik beriladi


Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, eksport qiluvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi o‘rnatildi.

Mazkur tartibga ko‘ra, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi eksport qiluvchilarga:

tijorat banklarining eksportoldi kreditlari, shu jumladan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun berilgan kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga, milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 10 foizlik punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 40 foizi, biroq 4 foizlik punktdan oshmagan miqdorda kompensatsiya taqdim etadi;

tijorat banklarining kreditlari, shu jumladan, eksportoldi kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 4 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beradi.

2019—2020-yillar davomida ushbu bandda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun Davlat byudjetidan 50 milliard so‘mgacha miqdorda mablag‘ ajratiladi.

Mahalliy eksport qiluvchi korxonalar (ularning vakolatli vakillari)ga mahsulotlarni eksport qilishda temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.

Qaror bilan Eksportni rag‘batlantirish agentligi mahsulotni eksportga tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun Davlat budjetining mablag‘lari hisobidan subsidiyalar to‘lash bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.

Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumda tayyor mahsulot eksporti ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslarga ularning arizalariga ko‘ra eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, butlovchi buyumlar va materiallar importida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab 120 kunga kechiktirish imkoniyati berildi.

2019-yil 1-iyundan boshlab tirik holdagi tovuq, quyon va baliq hamda ularni so‘yib ishlangan mahsulotlar eksporti uchun Prezident yoki hukumat ruxsati talab qilinmaydi.

Shuningdek, qaror bilan “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining ustav kapitali uning o‘z kapitali hisobiga 221,6 milliard so‘mgacha ko‘paytirildi hamda kompaniyada eksportoldi va eksport sug‘urtasi masalalari bo‘yicha bosh direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

2019-yil 1-avgustgacha Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portali yaratiladi. Mazkur portal orqali tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat xizmatlari interaktiv shaklda taqdim etilib, unda davlat tili, rus tili va boshqa xorijiy tillarda batafsil ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati ta’minlanadi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga “O‘zagroeksportbank” ATB negizida eksport va importni moliyalashtirish bo‘yicha ixtisoslashgan bank tashkil etish yuzasidan taklif kiritilishini ta’minlash topshirildi.

Transport vazirligiga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Uzbekistan airways” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning eksport yuklarini tashish tariflarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют