» » Yangiqo‘rg‘onda yilning eng yaxshi o‘quvchilari aniqlandi

Yangiqo‘rg‘onda yilning eng yaxshi o‘quvchilari aniqlandi


Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida “Yilning eng yaxshi o‘quvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida tuman prokuraturasi tashabbusi, tuman hokimligi va xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda maktab bosqichlarining 188 nafar g‘olibi ishtirok etdi.

Ular “Yilning eng bilimdon o‘quvchisi”, “Yilning eng yaxshi ijodkor o‘quvchisi”, “Yilning eng yaxshi hunarmand o‘quvchisi” va “Yilning eng yaxshi ixtirochi o‘quvchisi” kabi 4 ta nominatsiyada o‘zaro bellashdi.

Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 4 nafar o‘quvchiga tuman hokimligi tomonidan kompyuterlar topshirildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan 8 nafar o‘quvchi esa televizor va mikroto‘lqinli pech bilan taqdirlandi.

Tanlovda ishtirok etgan barcha o‘quvchilarga kitoblar tarqatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют