» » O‘zbekistonda 279 ming nafar o‘quvchi 11-sinfni tamomladi

O‘zbekistonda 279 ming nafar o‘quvchi 11-sinfni tamomladi


O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktab bitiruvchilari, ularning ota-onalari va pedagoglarni o‘quv yili yakuniga yetgani bilan tabrikladi.

“Bugun respublikamizdagi barcha maktablarda ‘So‘nggi qo‘ng‘iroq’ yangrab, 279 ming nafar o‘quvchi 11 yillik ta’lim tizimiga qayta o‘tganimizdan keyingi ilk bitiruvchilarga aylanadi. Ularning hayotida yangi sahifa ochilib, katta hayotga uchirma bo‘lishadi”, — deyiladi vazirning Facebook ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan tabrigida.

Sherzod Shermatov bitiruvchilarga murojaat qilar ekan, jumladan, shunday dedi: “Bugun hayotingizda eng quvonchli kun. 11 yil mobaynida bir partada yonma-yon o‘tirgan, bir oila a’zolaridek bo‘lib qolgan sinfdoshlarning har biri ertadan boshlab o‘zining shaxsiy hayotini qurishga kirishadi. Kimdir tahsilni oliy o‘quv yurtida davom ettirsa, yana kimdir halol mehnati bilan oilasiga qanot bo‘ladi”.

“Qayerda bo‘lmang, maktab partasida olgan bilimlaringiz sizga qo‘l kelishiga, kelgusida ularni yanada mustahkamlab borishingizga umid qilaman. Vatanimiz rivoji uchun o‘z hissangizni qo‘shishingizga aminman”, — deya ta’kidlagan vazir.

Sherzod Shermatov Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida xalq ta’limi tizimida katta islohotlar davri boshlanganini, shuningdek, hali oldinda bajarilishi lozim bo‘lgan ulkan vazifalar ko‘p ekanini qayd etib o‘tgan.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, 25-may kuni vazir o‘zi o‘qigan Toshkentning Olmazor tumanidagi 22-maktabda o‘quv yili yakunlanayotganiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют