» » Ronaldu 1 mln yevroga yangi “toychoq” sotib oldi (video)

Ronaldu 1 mln yevroga yangi “toychoq” sotib oldi (video)


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z avtoturargohini yana bitta mashina bilan boyitdi. Bu haqda A Bola xabar berdi.

34 yoshli portugaliyalik o‘zining Instagram sahifasiga Turindagi uyiga McLaren Senna rusumli avtomashina haydab kelgani tasvirlangan videoni joyladi va ushbu video tagiga “Rohatlan!” deya izoh qoldirdi.

Superkar 2018-yil Jeneva avtosalonidagi ko‘rgazmada namoyish etilgandi. Ushbu avtomobilga “Formula-1” poygachisi braziliyalik Ayrton Sennaning nomi berilgan.

McLaren Senna 800 ot kuchiga ega. Mashinaning bahosi, taxminan, million yevro atrofida.

Avvalroq hujumchi 11 million yevro evaziga Bugatti Voiture Noire avtomashinasini sotib olgani haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 5) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют