» » Nur-Sultondagi masjidda Ramazon oyidagi iftorliklar uchun 26 ming dollar to‘plandi (video)

Nur-Sultondagi masjidda Ramazon oyidagi iftorliklar uchun 26 ming dollar to‘plandi (video)


Qozog‘iston poytaxtidagi masjidlarda har yili Ramazon oyida iftorlik dasturxonlari yoziladi. Bunga ketadigan barcha xarajatlar aksar o‘z nomini bildirishni istamagan homiylar tomonidan qoplanadi, deya xabar beradi Sputnik.

Jumladan, “Nur-Ostona” masjidida bu yil 400 kishini sig‘diradigan ulkan chodir o‘rnatildi. Iftorlik uchun taomlar tayyorlashni restoranlardan biri o‘z zimmasiga olgan.

“Bir kishiga taxminan 2500 tenge sarf bo‘ladi. Har kuni 400 kishiga iftorlik qilib berilsa, kuniga millionga to‘g‘ri keladi. Bu mablag‘ni bir yoki bir necha homiy qoldirishi mumkin, — deydi masjid imom noibi Bekzod Akjigitov. — Homiylar iftorlikka kelishi va o‘zi bilan yana 30 kishini olib kelishi mumkin. Qolgan 370 ta talon masjid qavmi orasida tarqatiladi. Ammo ko‘pincha homiylar faqat duo qilib qo‘yishlarini so‘rashadi, xolos”.

Noibga ko‘ra, bu yil masjidga turli homiylardan jami 10 million tenge (26 ming dollar atrofida) yig‘ilgan. Iftorlik o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ko‘p, biroq 30 kunning barchasi uchun pul to‘lab bo‘lingan va masjid ortiqcha mablag‘ni qabul qilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют