» » O‘zbekistonga eng ko‘p tashrif buyurgan musulmon sayyoh mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonga eng ko‘p tashrif buyurgan musulmon sayyoh mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi


O‘zbekistonga eng ko‘p tashrif buyurgan musulmon sayyoh mamlakatlar reytingiga ko‘ra Turkiya yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Davlat turizm qo‘mitasining vakili Abdulaziz Oqqulov Samarqanddagi konferensiyada e’lon qildi.

“Buyuk Ipak yo‘li sharq va g‘arb sivilizatsiyasining nafaqat savdo-iqtisodiy munosabatlariga, balki diniy va madaniy muloqotiga ham katta hissa qo‘shgan”, — deydi Oqqulov.

Uning aytishicha, O‘zbekistonga musulmon sayyohlar ko‘proq kela boshlagan.

O‘tgan yilning natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar Turkiyadan (41 299 kishi) kelgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Pokiston egallagan (5 568 kishi). Keyingi o‘rinni Malayziya (2 768), Eron (2 658), Indoneziya (1 589) va BAA (1 580) egallagan.

“Bu mamlakatlarning fuqarolari O‘zbekistonga boshqa turdagi sayohat bilan birga, ziyorat turizmi yo‘nalishida tashrif buyurmoqda”, — deydi Oqqulov.

Eslatib o‘tamiz, fevralda O‘zbekiston ziyorat-turizm markazlaridan biri deb e’tirof etilgan. Ushbu e’tirof haqida deklaratsiya Buxorodagi xalqaro forum doirasida imzolangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют