» » O‘zbekistonda xorijlik ziyoratchi ayollar masjidlarga borishi uchun sharoit yaratilganmi?

O‘zbekistonda xorijlik ziyoratchi ayollar masjidlarga borishi uchun sharoit yaratilganmi?


Har yil O‘zbekistonga jahonning 70 ga yaqin mamlakatidan 2-3 millionga yaqin sayyoh tashrif buyuradi. Ular orasida ziyorat turizmi uchun keladiganlar ham anchagina. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shu kunlarda O‘zbekistonga xorijdan ayoli bilan kelgan musulmon erkak taroveh namozi uchun masjidga kirsa, uning ayoli uchun qanday qulaylik taklif qilish mumkin? Axir bizda xotin-qizlar masjidga kirmaydi.

Bu savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi kotibiyat mudiri Muhammadayub Homidov shunday javob berdi.

— Hozirda ziyorat turizmi rivojlanib borayotgani quvonarli, – deydi islomshunos olim. – Sababi, yurtimizga har kuni minglab sayyohlar kelmoqda. Hasti Imom dahasida ham har kuni ko‘plab sayyohlarni uchratamiz. Ziyorat turizmi yo‘nalishida Indoneziya, Malayziya, BAA kabi davlatlardan ko‘plab erkak va ayollar kelmoqda.

Turmush o‘rtog‘i yoki dugonalari bilan kelgan sayyohatchi xotin-qizlar uchun masjidlar va ziyoratgohlarning yonidagi masjidlarda alohida sharoitlar yaratilgan. Ular bemalol namoz o‘qishiga qulayliklar bor. Ammo, kechasi taroveh namozlarida... Toshkent misolida aytadigan bo‘lsak, odam juda ko‘p bo‘lib, masjidlarni aholi to‘la egallab olgani uchun ayollarga bu borada qulaylik qilish imkoni bo‘lmadi. Chet ellik ziyorat turizmi bilan kelgan ayol namozxonlar uchun kelajakda sharoitlar yaratish chorasi ko‘riladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют