» » Buxorodagi xalqaro festival doirasida “Bukhara City” taqdimoti o‘tkazildi

Buxorodagi xalqaro festival doirasida “Bukhara City” taqdimoti o‘tkazildi


Buxoro markazida keyingi uch yil ichida shahar ichidagi shahar —“Bukhara City” bunyod etilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda xabar “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Xalqaro an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivali doirasida “Buxoro sport” majmuasida “Bukhara City” ishbilarmonlar hududi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Unda yigirma mingdan ortiq tomoshabin, chet ellik sayyohlar, xalqaro diplomatik korpus vakillari, olimlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Tantanali marosimi Buxoro viloyati hokimining tabrik so‘zi bilan ochildi. “Studio Vertebra” kompaniyasi bosh arxitektori Mehmed Bektash esa o‘z so‘zida hamkorlikdan minnatdorligini bildirdi.

Buxoro shahridagi Zulfiya, “Sanoatchilar” hamda Qayum Murtazoyev ko‘chalari orasidagi 46 gektar maydonda “Bukhara City” bunyod etilishi rejalashtirilgan. Shu paytgacha bu yerda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari boshqa manzilga ko‘chiriladi.

— Loyihaning umumiy qiymati 225 million AQSh dollarini tashkil etadi. Mazkur loyihani tuzishda xavfsizlik, yo‘llarda tirband bo‘lmaslik va ilg‘or xorijiy me’morchilik yutuqlarini o‘rganib, qo‘llagan holda barpo etish asosiy mezon qilib belgilangan. Loyihaga ko‘ra, har bir qarich yer hisob-kitob qilinib, 32 ta lotga bo‘linadi. Mehmonxona, muzeylar, kutubxona, biznes markazlari, savdo majmualari, konferensiya zallari, restoran va madaniy markazlar, ko‘p qavatli uylar va sun’iy hovuzlar, favvoralar quriladi,— dedi Buxoro shahar hokimi Karim Kamolov.

Gala-konsertga el suygan hofizlar, estrada xonandalari hamda taniqli so‘z ustalari tashrif buyurdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют