» » Akkumulyatorsiz KamAZ, ozi otar avtomat, suv ostida yuruvchi robot: Ratsionalizatorlik festivalida nimalar namoyish etildi? (foto va video)

Akkumulyatorsiz KamAZ, ozi otar avtomat, suv ostida yuruvchi robot: Ratsionalizatorlik festivalida nimalar namoyish etildi? (foto va video)


Ozbekiston Mudofaa vazirligi qoshinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida 2526-may kunlari Hech bir ijobiy goya etibordan chetda qolmaydi shiori ostida TECHNO DISCOVERY2019 festivali otkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Daryoga malum qildi.

Toshkent harbiy okrugining Chirchiq poligonida bolib otgan ushbu festival doirasida namoyish etilgan ixtirolarni Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, vazirlik mutasaddilari, Qurolli Kuchlar faxriylari, shuningdek, barcha harbiy okruglar qomondonlari bevosita kozdan kechirib, har birining armiya manfaatlari uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi bilan qiziqdi.

Ozbekiston armiyasida birinchi bor otkazilayotgan bu turdagi keng kolamli festivalda uch yuzdan ortiq harbiy xizmatchilar ozlarining yangicha yondashuvlari asosida yaratgan ixtirolari, mavjud texnikalarga kiritgan ozgartirish va qoshimchalari, uzoq yillardan buyon foydalanilmasdan kelayotgan qurilmalarni zamon talablariga moslashtirgani bilan alohida ajralib turdi.

Xusasan, maxsus tadbirlar otkaziluvchi joylarda vujudga kelayotgan vaziyatlar haqida malumotlar yigish va ularni qayta ishlash, boshqaruvni tashkillashtirish maqsadida qomondonlik va tezkor shtab ishini amalga oshirish uchun moljallangan ozgaruvchan hajmga ega mobil qomondonlik-shtab punkti kopchilikning etiborini tortdi.

KamAZ yuk mashinasining bazasiga ornatilgan ushbu punktni yaratishga 400 million somga yaqin mablag sarflangan bolib, bir yoki ikki kishi uni toliq ish jarayoniga tayyorlashiga 10 daqiqa sarflaydi. Uning yordamida videokonferensiyalarni ham hech qanday qiyinchiliksiz amalga oshirish mumkin. Ayni vaqtda mazkur mobil punktlar Mudofaa vazirligi tashkilotlarida ishlab chiqish yolga qoyilmoqda.

Festivalning yana bir kozga koringan loyihalaridan biri bu desantchining oquv-mashgulot kompleksi. Mazkur kompleks shaxsiy tarkibni parashyutdan sakrashga mukammal va ortiqcha xarajatlarsiz tayyorlashga moljllangan. Uning yordamida desantchining uchish apparatidan sakraganidan boshlab bajaradigan barcha amaliy harakatlarini yerning ozida toliq sinab korish mumkin. Bundan tashqari UTKD-1 qurilmasi vizualizatsiya tizimi bilan jihozlangan bolib, undagi maxsus dasturiy taminotga ega dasturiy-apparat moduli yordamida virtual reallik hosil qilinadi.

Avtomatni masofadan turib boshqarish qurilmasi esa kopchilikka Gollivudning Shaqol filmini eslatib yubordi.

Festivalda harbiy-texnik sohaga oid ishlanmalardan tashqari hayotning barcha jabhalarida foydalanish uchun moljallangan innovatsion loyihalar ham ishtirok etdi.

Jumladan, suv ostida mustaqil harakatlanuvchi robot, 3D model orqali robot harakati dasturini avtomatik yaratish tizimi, odamning yuz qiyofasini tanish orqali u haqida malumot berish dasturi, zararlangan hududlardan turli namunalarni olib keluvchi robot va boshqa koplab shu turdagi ixtirolar yigilganlarning qiziqishini yanada orttirdi.

Bir vaqtning ozida 4 ta akkumulyator batareyalarini zaryadlash imkoniga ega kochma batareya moduli esa nafaqat harbiy xizmatchilarga, balki uzoq yolga otlangan boshqa kasb egalariga ham asqotishi shubhasiz.

Shuncha ratsionalizatorlik ishlari orasida yoshlar ham etibordan chetda qolgani yoq. Chaqiriqqacha yoshlarni dastlabki ot ochish konikmalari bilan tanishtirish maqsadida yaratilgan mobil tir aynan bolgusi Vatan himoyachilariga moljallangan. Bunda harakatlanuvchi nishon pnevmatik vintovka va topponcha yordamida oqqa tutiladi. Uning boshqa tirlardan afzalligi 12 metrli konteynerdan yasalgani va istalgan ogir texnika yordamida tashish qulayligida.

Akkumulyatorsiz ot oladigan KamAZ yuk mashinasi, ming metrgacha uzoqlikdagi nishonga olishga yordam beradigan tunggi korish moslamasi, harbiy kadrlar bilan ishlashda individual yondashuvni kuchaytirishga moljallangan dasturiy taminot shu va boshqa turdagi koplab yangiliklar Ozbekiston armiyasi va harbiy xizmatchilarning kelajakdagi faoliyatiga yanada samara bagishlashiga ishonchimiz komil.

Festival yakunida general-mayor Bahodir Qurbonov Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faollariga Namunali xizmati uchun kokrak nishonlarini, festivalni tashkil etishda jonbozlik korsatgan hamda ozining ratsionalizatorlik ishlari bilan kopchilikning diqqatini tortgan harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvon va esdalik sovgalarini topshirdi. Harbiy okruglar hamda harbiy qismlar qomondonliklari mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi avtobuslar bilan taqdirlandi.

Festival ishtirokchilari etiboriga Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri, shuningdek, taniqli estrada xonandalari tomonidan havola etilgan kongilochar tadbirlar, harbiy xizmatchilarning korgazmali chiqishlari barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Bundan tashqari poligonda tashkil etilgan kitob yarmarkasi, sovrinli viktorina oyinlari hamda madaniy tadbirlar festivalga kelgan aholining maroqli dam olishini taminladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (26-05-2019, 20:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
:
-
:
20 ... -