» » 25-may, Toshkent, “Xalqlar do‘stligi”. Bitiruvchilarni o‘zbek estradasi yulduzlari va MakSim qutladi (foto)

25-may, Toshkent, “Xalqlar do‘stligi”. Bitiruvchilarni o‘zbek estradasi yulduzlari va MakSim qutladi (foto)


25-may kuni Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyi bitiruvchi yoshlar bilan gavjum bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

“Mening yurtim” telekanali 2019-yil bitiruvchilari uchun bayram konsert dasturini tayyorladi.

Unda milliy estrada vakillari Dildora Niyozova, Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlar, Ravshan Sobirov va “Sitora” guruhi, Otabek Mutalxo‘jayev, Jasur Umirov va Jasur Mavlonov o‘z chiqishlarini taqdim etdi.

Konsertda Rossiya estrаdasi yulduzi MakSim ham jonli ijroda xit qo‘shiqlarini kuyladi.  Muxlislar esa unga jo‘r bo‘ldi.

“Qaysi qo‘shiqni ijro etishimni istaysizlar?” degan savolga javoban zaldagilar uni takliflarga ko‘mib tashladi. “Toshkentda hatto o‘zimning ham esimdan chiqqan qo‘shiqlarimni biladigan muxlislarim bor ekan” deya hayratini yashirmadi xonanda. U bitiruvchilarning hech bir iltimosini yerda qoldirmadi.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, mazkur konsert dasturi tez kunlarda efirga uzatilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют