» » Jamoatchilik knyaz Romanovning kartinalar kolleksiyasini Toshkentdagi saroyiga qaytarishni taklif qildi

Jamoatchilik knyaz Romanovning kartinalar kolleksiyasini Toshkentdagi saroyiga qaytarishni taklif qildi


O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari Nikolay Romanov tomonidan yig‘ilgan noyob kartinalarni joyiga qaytarish taklifini bildirdi, deb xabar beradi “Podrobno.uz”.

Rus podshohlik vakili oilaviy sabablarga ko‘ra bir necha o‘n yil, Oktabr inqilobiga qadar Toshkentda yashagan. Nikolay Romanov tomonidan yig‘ilgan kolleksiya o‘zbek va rus ijodkorlari tomonidan kamida 100 yil oldin yaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston davlat san’at muzeyining yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.

Bunga qadar kolleksiya knyaz Romanovning Toshkentdagi qarorgohida saqlangan. Kengash a’zolari ushbu kolleksiyaning joyiga qaytarish birinchidan, adolatli bo‘lishini, ikkinchidan esa — Savitskiy nomidagi muzeyga o‘xshash yana bir muzey paydo bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Knyazning Toshkentdagi saroyi 1891-yilda qurilgan. Bino uzoq yillar davomida TIV ixtiyorida bo‘lib kelgan. 2018-yida esa saroy Madaniyat vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan.

Nikolay Romanov — Rossiya imperatori Nikolay I ning nabirasi bo‘lib, 1877-yilda oilasi bilan Toshkentga surgun qilingan va 1918-yilgacha, vafot etguniga qadar shu yerda yashagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют