» » Yevroparlament saylovlarning dastlabki taxminiy natijasini e’lon qildi

Yevroparlament saylovlarning dastlabki taxminiy natijasini e’lon qildi


Yevroparlament 23—26-may kunlari Yevropa Ittifoqining 28 mamlakati qonunchilik organida o‘tkazilgan saylovlarning dastlabki taxminiy natijalarini e’lon qildi, deb xabar beradi Meduza.

Bashoratga ko‘ra, eng ko‘p — 173 ta o‘rin Yevropa xalq partiyasiga nasib etadi. “Sotsialistlar va demokratlarning progressiv ittifoqi” 147 ta o‘rin bilan ikkinchi pog‘onaga ko‘tariladi. Uchinchi o‘rin esa — Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning “Yevropa uchun liberallar va demokratlar ittifoqi” (102 o‘rin). “Yashillar” — 71 ta o‘rin.

Shunday qilib, Yevropa tarafdori bo‘lgan partiyalar Yevropalamentdagi 751 ta o‘rindan 493 tasiga egalik qiladi. Fransiya va Italiyaning populistik va o‘ta o‘nglar partiyasi 57 ta o‘rinni qo‘lga kiritadi, bu esa 2014-yilgi saylovlardan 20 taga ko‘p demakdir.

Fransiyada Marin Le Penning “Milliy birlik” o‘ng partiyasi Emmanuel Makronning “Olg‘a, Respublika!” partiyasidan bitta ko‘proq o‘ringa ega bo‘ladi: 24 ga qarshi 23.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 17) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют