» » Misrda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 9 nafar politsiyachi halok bo‘ldi

Misrda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 9 nafar politsiyachi halok bo‘ldi


Misr poytaxti Qohiraning shimoli-sharqida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 9 nafar politsiyachi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Al Youm As Sabia portalining ma’lum qilishicha, politsiyachilarni olib ketayotgan pikap Ismoiliya shahri yaqida yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. YTHdan keyin avtomobil yonib ketgani sabab uning ichidagi ikki zobit va 7 nafar askar mashinadan chiqishga ulgurmay, halok bo‘lgan.

Politsiyachilar Iskandariyadan Shimoliy Sinaydagi xizmat joylariga ketayotgan bo‘lgan.

Taxmin qilinishicha, YTH haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik oqibatida yuz bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют