» » Hindistonlik erkakning boshidan dunyodagi eng katta o‘simta olib tashlandi

Hindistonlik erkakning boshidan dunyodagi eng katta o‘simta olib tashlandi


Hindistonlik erkak 20 yil davomida operatsiyadan bosh tortib, bosh miya o‘simtasi kattalashib ketgunicha yurgan, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Qayd etilishicha, Hindistonning Tamilnad shtati, Maduray shahridan bo‘lgan 31 yoshli erkak qimmat davolanishga qurbi yetmay, bolaligidayoq paydo bo‘lgan o‘simtani e’tiborsiz qoldirgan. O‘n yillar davomida o‘simta og‘irligi besh kilogrammga yetib, noqulaylik tug‘dira boshlagan.

Natijada erkak shifokorlarga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Jarrohlar 16-may kuni o‘simtani olib tashlash bo‘yicha 10 soatlik operatsiyani o‘tkazgan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu dunyodagi eng katta bosh miya o‘simtasi.

Hozirgi paytda mijoz operatsiyadan so‘ng tiklanmoqda va o‘zini yaxshi his etmoqda. Uning hayotiga hech qanday xavf yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют