» » Arab muvofiqlashtirish guruhi O‘zbekiston rivoji uchun 2,2 mlrd dollar kredit ajratadi

Arab muvofiqlashtirish guruhi O‘zbekiston rivoji uchun 2,2 mlrd dollar kredit ajratadi


O‘zbekiston 2019-2021-yillarda 2,2 milliard dollarlik Arab muvofiqlashtirish guruhi kreditlarini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 23-maydagi qarorida aytiladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hujjat umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 29 ta loyihani o‘z ichiga olgan, ulardan 2,2 milliard dollari Arab muvofiqlashtirish guruhi krediti hisobiga qoplanadi.

Mablag‘lar tibbiyot muassasalari, oliy o‘quv yurtlarini jihozlash, muqobil energiya manbalarini joriy etish, kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, shuningdek, avtomobil yo‘llarini qurishga yo‘naltiriladi.

Arab muvofiqlashtirish guruhi tarkibiga Islom taraqqiyot banki va Arab moliya jamg‘armalari — Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi, Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi, OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi, Quvayt Arab iqtisodiyotini rivojlantirish jamg‘armasi kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют