» » “Chelsi” Yevropa Ligasi finalidan oldin katta yo‘qotishga uchradi

“Chelsi” Yevropa Ligasi finalidan oldin katta yo‘qotishga uchradi


“Chelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kante katta ehtimol bilan “Arsenal”ga qarshi kechadigan Yevrop Ligasi finalini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Fransiyalik futbolchi klubning so‘nggi mashg‘ulotlaridan birida tizzasidan jarohat olgan va o‘zini noqulay his qilib, maydonni tark etgan. 28 yoshli futbolchining qachon jarohatdan forig‘ bo‘lishi aniq emas, ammo u “kanonirlar”ga qarshi o‘yinda katta ehtimol bilan o‘z jamoasiga yordam berolmaydi.

Avval ham Kante tizzasidan jarohat olgandi. May oyining boshida bo‘lib o‘tgan Angliya Premyer ligasi 37-turida “Uotford” bilan kechgan bahsda (3:0) lat yegandi va 2 hafta maydonga tushmagandi. Yaqindagina futbolchi mashg‘ulotlarga qo‘shilgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi”—“Arsenal” uchrashuvi 29-may kuni Boku shahridagi “Olimpiyskiy” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют