» » Qahramon Quronboyev Yoshlar ittifoqi rahbarligidan ketishi haqidagi xabarlar rad etildi

Qahramon Quronboyev Yoshlar ittifoqi rahbarligidan ketishi haqidagi xabarlar rad etildi


Turli internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maslahatchisi Qahramon Quronboyev Yoshlar ittifoqi rahbarligidan ketishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Xabarlarga ko‘ra, u O‘zbekiston Milliy universitetiga rektor etib tayinlanishi mumkin. UZ24 Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati rahbari Nodir Abduqodirovga tayanib ma’lum qilishicha, Qahramon Quronboyev hozirda tashkilot rahbari sifatida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Uning lavozimdan ketishi to‘g‘risidagi xabarlar  mutlaqo asossiz.

Eslatib o‘tamiz, Qahramon Quronboyev 2017-yilning 30-iyunidan buyon Yoshlar ittifoqi (sobiq “Kamolot” yoshlar harakati) rahbari lavozimda ishlab kelmoqda.

U 2001—2006-yillarda “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, 2009—2012-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori, 2012—2013-yillarda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi prorektori, 2013—2016-yillarda Vazirlar Mahkamasida yoshlar siyosati masalalari kompleksi sektor mudiri, 2016-yildan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют