» » Samarqanddagi jamoat transportida Visa kartalari orqali yo‘lkira to‘lovlari ishga tushirildi

Samarqanddagi jamoat transportida Visa kartalari orqali yo‘lkira to‘lovlari ishga tushirildi


Visa kartalarining egalari Samarqand shahridagi jamoat transportida yo‘lkira to‘lovlarini TezCard tizimi orqali amalga oshirishlari mumkin. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, buning uchun ular o‘z Visa kartalarini TezCard  terminali — validatoriga tekkizishlari kifoya qiladi.

“Ushbu innovatsion yechimga Visa global to‘lov texnologik kompaniyasi va Orient Finans Bank bilan yaqin hamkorlikda erishilgan bo‘lib, O‘zbekiston tarixida butun bir shaharning jamoat transporti kabi keng ko‘lamli va istiqbolli yo‘nalishni qamrab oluvchi ilk loyiha bo‘lmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Samarqand shahridagi TezCard tizimiga jami 500 ga yaqin avtobus va tramvay ulangan. TezCard kartalarini esa shaharning turli joylaridagi 15 savdo nuqtalarida sotib olish imkoni joriy qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют