» » UzCard va BPC Group jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini ishlab chiqdi

UzCard va BPC Group jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini ishlab chiqdi


Tizim orqali zamonaviy bank kartalarida (Uzcard, VISA, Mastercard, UPI, MIR) to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Foto: UzCard

Yagona umumrespublika protsessing markazi BPC Group xalqaro xolding kompaniyasi bilan hamkorlikda ABT (account based ticketing) texnologiyalari asosida “STS” — Smart Ticketing Solution dasturiy-ta’minot majmuasini ishlab chiqdi, deb yozadi kompaniya matbuot xizmati.

ABT — foydalanuvchining shaxsiy hisob raqamiga asoslangan, jamoat transportida amalga oshiriladigan zamonaviy to‘lov tizimi hisoblanadi. Tizim orqali amalga oshirilgan barcha to‘lovlar esa, markaziy serverda saqlanadi.

“Tizimning afzalliklaridan biri, unda zamonaviy bank kartalari (Uzcard, VISA, Mastercard, UPI, MIR) orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatining yaratilgani hamda rejaga muvofiq, bizning Markazimizga integratsiya qilinishi hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют